Besh tashabbus olimpiadasi

Besh tashabbus olimpiadasi

“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar va sport harakatini yagona tizimga birlashtirdi

Biroq, kamchiliklar ham yoʼq emas. Hayʼat yigʼilishida taʼkidlanganidek, ommaviy sportni mahalladan boshlab rivojlantirish boʼyicha yaxlit bir tizim yaratildi.

Yildan-yilga “Besh tashabbus olimpiadasi” tarmogʼi va qamrovi kengayib bormoqda.
Bu orqali yiliga 6 milliondan ortiq yoshlar qamrab olinib, ular munosib ragʼbatlantirib borilmoqda.

Joriy yildan musobaqalarning respublika bosqichi ishtirokchilarining yoʼl, yashash va ovqatlanish xarajatlari toʼliq markazlashtirildi.

Hududiy bosqichgacha yetib kelgan qariyb 29 ming nafar yoshlarga zarur sport jihozlari va formalari tarqatildi.
Hududiy va final bosqichda gʼolib va sovrindor boʼlgan 7 mingdan ortiq yoshlarga sport ekipirovkalari hamda qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.

Bundan tashqari, respublikada gʼolib boʼlgan jamoalar uchun ularning mahallalarida shu kungacha 735 ta namunaviy sport maydonchalari qurib berildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” tizimi yoʼlga qoʼyilganiga sal kam 2 yil boʼlgan holatda yoshlar va sport harakati yagona tizimga birlashtirildi. Lekin bu boradagi ayrim ishlarda sustkashliklar borligi ham koʼzga tashlanayotganligi sir emas.

“Besh tashabbus olimpiadasi” tizimidagi musobaqalarni shaffof oʼtkazish uchun alohida elektron platforma tashkil qilingan. Bunda, yoshlar yetakchilari va sport masʼullari elektron platforma orqali ishtirokchilarni roʼyxatga olish, jamoalarni shakllantirish va ularning natijalarini kiritib borilishi tanqidiy ta’kidlandi.

Manba: https://minsport.uz/