2022-yilning 14-20-iyun kunlari Fransiyaning Agendagi Lot-et-Garonne departamentida harbiy xizmatchilar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha birinchi Harbiy chempionati bo‘lib o‘tadi.
Chempionat Fransiyaning CISMdagi delegatsiyasi, Milliy mudofaa sporti markazi CISM (Xalqaro harbiy sport kengashi) va Fransiya regbi federatsiyasi prezidenti janob Bernard Laport ko‘magida tashkil etiladi.
Jahon chempionatida quyidagi davlatlar ishtirok etadi: AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Latviya, Shri-Lanka, Avstraliya, Kamerun, Kongo Demokratik Respublikasi, Gruziya, Nigeriya, Falastin va O‘zbekiston. Ishtirokchilarning umumiy soni 450 nafar sportchi, murabbiylar va delegatsiyalar vakillaridan iborat.
Musobaqada faqat faol harbiy xizmatchi-sportchilar ishtirok etadi. Chempionat World Rugby qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova