Assalomu alaykum Kamola suhbatimizga vaqt ajratganingiz uchun tashakkur, bugun bizda qiziqarli suhbat bo’ladi deb o’ylayman.
– Ayting-chi, o’qiysizmi yoki ishlaysiz?
Hozirda Guliston olimpiya zaxiralari kollejining Regbi bo’limi 11-sinf o’quvchisiman.
– Jamoada qaysi ampluada o’ynisiz?
Jamoada hujumda o’ynayman.
– Nima uchun regbi sport turini tanladingiz?
Regbi sport turiga qiziqishim yuqori bo’lganligi sababli, ushbu sportini tanladim.
– U-18 musobaqasiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
Tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda, ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko’rmoqdamiz.
– Hozirda jamoingizni va shaxsan o’zingizning kayfiyatingiz qanday?
Hozirda jamoamiz va shaxsan ozimni kayfiyatim uda yaxshi chunki mashg’ulotlar juda qiziqarli va mazmunli o’tmoqda.
– Qanday maqsadlar qilgansiz bu turnirga?
Jamoamiz bilan birgalikda yuqori natijalarni ko’rsatib, faxrli o’rinni egallash.
– Sizning taxminingizga ko’ra, ushbu turnirda jamoangiz qaysi o’rinni egallaydi deb o’ylaysiz?
Jamoamiz bilan birgalikda yuqori natijalarni ko’rsatib, faxrli 1-o’rinni egallaymiz degan umiddaman.
– Jamoingizni jismoniy tayyorgarligi qay darajada deb o’ylaysiz?
Hozirda jamoamizi jismoniy tayyorgarligi yuqori darjada deb o’ylayman. Chunki tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda va ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko’rmoqdamiz.
– Raqib jamolar to’g’risida qanday fikrda siz?
Raqib jamoalar juda kuchli jamoalar va biz ularni mag’lub etishga tayyorlanyapmiz.
Qiziqarli suhbatingiz uchun katta rahmat! Kelayotgan turnirda siz va sizning jamoangizga omad va g’alabalar tilayman.
O’zbekiston regbi Federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova