Joriy yilning 14-20 iyun kunlari Fransiyaning Agen shahridagi Lot-i-Garonne departamentida birinchi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Jahon chempionatida Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Gruziya, Gollandiya, Ispaniya, Avstraliya, O’zbekiston, Kamerun, Kot-d’Ivuar kabi davlatlar qurolli kuchlari milliy terma jamoalari ishtirok etdi. Turnirda jami 180 sportchi ishtirok etdi, ulardan 60 nafari ayollar.
Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Jahon chempionatida 5-o’rinni egalladi.
Qayd etish joizki, jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan o‘rinlar O‘zbekiston sportchilarining yuksak natijalari bo‘lib, o‘zbek regbisi tarixida birinchi marta qo‘lga kiritildi.
Biz sportchilarimizni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi g’alabalarni tilab qolamiz!
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi