O’zingiz haqingizda gapirib bering.
– Men Ramazonova Gulmira 1999-yil Navoiy viloyati Navoiy shahrida tug‘ilganman.
– Navoiy shahridagi 6-maktabni tamomlab, O‘zbekiston chempioni bo‘ldim va 2018-yilda universitetga imtihonsiz grant asosida o‘qishga qabul qilindim.
– Hozir Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti 4-kurs talabasiman.
– Men regbini tanlaganim sababi, chunki, bu sportda fakat kuchli, jasoratli, chaqqon sportchilar ishtirok etadigan sport turi, shuningdek, jamoada o’ynash kerak bo’lgan o’yin va bu fazilatlarning barchasi meni o’ziga tortdi.
– Garchi oilamiz a’zolaridan faqat men regbi bilan shug’ullanaman.
– Men regbi o’ynayman, deb etkanimda, ota-onam ham, erim ham, hech kanday e’tiroz bildirmadilar, aksincha, qarorimga hurmad bildirdilar.
– Regbiga qadar 12 yoshimdan erkin kurash bilan shug’ullanganman.
– Men regbiga birinchi kelganimda 16 yoshda edim.
– Bu sport turi borligini man ilk bor Umida To‘lqinovna Abdukarimova Navoiy viloyati kurash maktabi polvonlarini tayyorlayotganida meni chaqirib, mashg‘ulot maydoniga taklif qildi va o‘yinning mazmun-mohiyatini batafsilroq tushuntirib berdi. Sport zaliga kelganimda ushbu sport turi menga yoqdi va 2015 yildan boshlab regbi bilan muntazam shug’ullana boshladim va shu tariqa sportga keldim.
– O‘sha paytdan boshlab Abdukarimova Umida o‘zining yaxshi dars berish uslubi bilan menga murabbiy bo‘ldi va shu paytgacha turli xalqaro musobaqalarda, turli xorijiy mamlakatlardagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida bo‘lib keldim.
– Shuningdek, O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarining 5 karra g‘olibi, 1 karra O‘zbekiston chempioniman.
O’zingiz ham qancha vaqtdan beri murabbiysiz?
– Murabbiylik faoliyatimni 2019 yilda boshlaganman, chunki hududimizda regbiga ishtiyoq bildirgan qizlar ko’paygan.
– Natijada 3 yildan buyon Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida jamoaviy sport va yengil atletika bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqdaman.
– Asosan Navoiy viloyati ayollar va yoshlar terma jamoasini shug’ullanaman.
Siz jami nechta sportchini mashq qildirasiz? Va ularning qanchasi o’g’il, qanchasi qiz?
– Navoiy viloyati o’yin sport turlari va yengil atletika bo’yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o’smirlar sport maktabida 1-kurs bittadan o‘quv-mashg‘ulot guruhi va 1-kurs sport yetukligi guruhiga rahbarlik qilaman. Men jami 24 nafar ayol va o‘smir qizlarni tarbiyalayman.
Sportchilarni turnir va chempionatlarga tayyorlashda qanday tayyorgarlik usullaridan foydalanasiz?
– Sportchilarni turnir va chempionatlarga tayyorlashda asosan regbiga kelganimdan beri olgan bilim va tajribalarim asosida regbi texnikasi va taktikasi hamda jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan foydalanaman.
– O’zimdan gapirsam, haftada 6 kun, kuniga bir marta 135 daqiqa mashq qilaman.
– Sportchilarimga kelsak, ular haftada 6 kun, kuniga bir marta 90 daqiqadan mashg’ulotlarga kelishadi, men ham ularni har kuni ertalab uyda ertalab badan mashqlarini bajarishga chorlayman.
– Murabbiy uchun mashg’ulotning eng qiyin qismi bu sportchilarning jamoaviy harakat qilishlari, texnika va taktika mashqlarini bajarishlari kerak bo’lgan asosiy qismidir.
Jamoangizning sportchilari qayerdan keladi? Maktablar, kollejlar yoki institutlardanmi?
– Navoiylik regbichilar maktab, litsey, institut bitiruvchilari.
– Men shug’ullanayotgan sportchilarning yosh toifasi 14 yoshdan 25 yoshgacha.
– Bizda regbiga ko’pincha qizlar keladi.
Ishda qanday qiyinchiliklar paydo bo’ladi?
– Ish faoliyatimda psixologik qiyinchiliklar kelib chiqadi, chunki har bir qiz bilan alohida ishlashga to’g’ri keladi.
Intervyu uchun katta rahmat.
O’zbekiston regbi Federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova