O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi «OlimpiyaUz» yangi loyihasini boshladi. Uning asosiy vazifalari mamlakatimizda olimpiya harakati va sog’lom turmush tarzini yanada targ’ib qilishdan iborat.
Bugun biz sizning e’tiboringizga dasturning birinchi sonini taqdim etmoqchimiz. Bizning dasturimizda siz O’zbekiston sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari hayotida ro’y beradigan muhim voqealar bilan tanishishingiz, shuningdek, terma jamoalar sportchilari va murabbiylari haqidagi eng so’nggi yangiliklarni hamda sport hayoti va Olimpiya harakati haqida ko’p narsalarni bilib olishingiz mumkin. Biz bilan qoling!
Manba: www.olympic.uz