O‘zbekiston U-18 ayollar regbi-7 terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘l oldi

Toshkent, 2025-yil 11-sentabr — Bugun O‘zbekistonning 18 yoshgacha bo‘lgan ayollar regbi-7 bo‘yicha milliy terma jamoasi Xitoy Xalq Respublikasining Xuh-Xoto shahrida 2025-yil 13–14-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo U-18 chempionatida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
Mazkur musobaqa yoshlar terma jamoasi uchun muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, xalqaro maydonda o‘z mahoratini namoyish etish uchun noyob imkoniyatdir.
O‘zbekiston U-18 ayollar regbi-7 terma jamoasi tarkibi:
- Xudoyberganova Laylo
- Urozboeva Gulsanam
- Rajabova Shaydo
- Jumaboeva Nargiza
- Ruzmatova Gulrux
- Raximova Maftuna
- Avazxonova Sarvinoz
- Zokirjonova Dilnozaxon
- Ollomberganova Xulkar
- Odilova Shohzoda
- Abdupattaeva Nozimaxon
- Yangiboeva Feruza
Murabbiylar va ma’muriy shtab:
• Ivanov Pavel — bosh murabbiy
• Akramov Farhod — menejer
• Malkov Antoniy — shifokor
O‘zbekiston regbi federatsiyasi yosh sportchilarimizga muvaffaqiyatli ishtirok, halol va yorqin kurash, shuningdek, mamlakatimizni xalqaro maydonda munosib tarzda himoya qilishlarini tilaydi.
