O‘zMU talabalari bilan regbi o‘yinlari tahlili
21 oktyabr kuni O’zbekiston Milliy universitetining “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti “Sport faoliyati-Regbi” yo’nalishining 21/303- guruh talabalari bilan regbi bo’yicha Jahon Kubogi musobaqalarining video tahlili o’tkazildi.
O’takazilgan tahlillar bo’yicha Federatsiyaga jalb etilgan xorijiy murabbiy-mutaxasis Andre Xuman, yoshlar Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Egor Lebed hamda Yaponiyaning “JICA” dasturi doirasida jalb etilgan xorijiy murabbiy-volontyor Rio Moria talabalar bilan birgalikda Fransiya davlatida bo’lib o’tayotgan Jahon Kubogi musobaqasidagi o’yinlarni tahlil qilishdi. Xorijiy mutaxasislar va talabalar o’rtasida regbi o’yinlarida xujum va himoyani tog’ri tashkil etish masalalarida savol-javoblar o’tkazildi.