Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining talabalari bilan seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
Joriy yilning 1 may kuni O’zbekiston Milliy universitetining “Taэkvondo va sport faoliyati” fakultetida O’zbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda talabalar uchun seminar o’tkazildi.
Mazkur seminarda mamlakatimizda T-1 regbi sport turini rivojlantirish, talaba-sportchilarni ushbu sport turiga jalb etish hamda mashg’ulot jarayonini o’tkazish tartibi, nazariy va amaliy bilim, malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Seminarni regbi bo’yicha yoshlar milliy terma jamoasi katta murabiysi E.Lebed va xorijiy trener-maslahatchi А.Xuman o’tkazdi.