Rebgi-7 bo’yicha qizlar o’rtasida an’anaviy turnir
“O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” tashabbusi bilan O‘zbekiston regbi federatsiyasi tomonidan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan 18 yoshgacha o‘smir qizlar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha Respublika turnirini o‘tkazish rejalashtirildi. Mazkur Respublika turniri to‘rtinchi yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilmoqda. Bu yildagi o‘yinlar ham Toshkent shahar sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining maydonida o‘tkaziladi.
Musobaqalar 2-3-mart kuni o‘tkazilishi belgilandi. Ushbu musobaqalarda mamlakatimizning 8 ta hududidan jamoalar ishtirok etadi. Ushbu turnirni o‘tkazishdan maqsad regbi sport turini axoli, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommalashtirish va rivojlantirish, o‘smir qizlar jamoalari o‘yinchilarining mahoratini oshirish. Shu jumladan, ushbu musobaqa orqali iqtidorli o‘smir qizlarni milliy terma jamoaga saralash hamda “Toshkent-2025” Yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlariga sportchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash imkoniyatini beradi.
Barcha regbi muxlislarini mazkur turnirda ishtirok etishiga taklif etamiz.