Erkaklar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining ikkinchi o‘yin kuni
26-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universiteti stadionida O‘zbekiston chempionatining navbatdagi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
O‘yinni Milliy gvardiya va Sharqiy Harbiy Okrug (ShHO) jamoalari boshlab berishdi. Uchrashuv hisobini ShHO jamoasi birinchi bo‘limning 13-daqiqasida urinish bilan ochdi va o’yin davomida muvaffaqiyatini mustahkamlab bordi. 30-daqiqada esa Milliy gvardiya jamoasi urinish bilan 5 ochkoga ega bo’ldi. Kiyinish xonasiga jamoalar 14-7 hisobida ShHO jamoasi foydasiga hal qilib ketishdi. Tanaffusdan so‘ng Milliy gvardiya jamoasi tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va 9-daqiqadayoq ShHO ning hisob maydonida o’z urinishlarini amalga oshirishdi. ShHO jamoasi ko’p javobsiz urinishlardan so’ng 21-daqiqada muvaffaqiyatini mustahkamladi. Uchrashuvdagi hisob 19-12 ShHO foydasiga.
Ikkinchi o‘yin Ichki Ishlar Vazirligi va Xorazm jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar vazirligi jamoasi 3-daqiqadayoq hisobni urinish bilan ochib berdi. Xorazm jamoasi esa o’yinning 8-daqiqasidan boshlab tanaffusgacha ko’plab ochkolar olishga erishdi. O’yinning ikkinchi yarmida bo’lsa ikkala jamoa javobsiz urinishlar bilan o’yinni tugatdi. Uchrashuv hisobi 30-7 Xorazm jamoasi foydasiga yakunlandi.
Regbi-15 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining navbatdagi o‘yinlari 28-aprel kuni Markaziy harbiy sport klubi stadionida bo‘lib o‘tadi. MHSK jamoasi Ichki ishlar vazirligi jamoasi bilan, ShHO jamoasi esa Xorazm jamoasi bilan bahs olib boradi.