Regbi-7 bo’yicha erkaklar orasida Universiada o’yinlari bo’lib o’tdi
2023-yilning 21-24 may kunlari Toshkent shahrida O’zMU o’yingohida regbi-7 bo’yicha erkaklar orasida birinchi marotaba Universiada musobaqalarining final o’yinlari bo’lib o’tdi.
Ushbumusobaqalarga Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar jamoalaridan: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon, Farg’ona, Namangan, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro viloyatlaridan jamoalar qatnashishdi.




Jamoalar to’rtta («А», «В», «С» и «D») guruhlarga bo’linib, aylana tizimida (har biri bilan) o’ynashdi.
Universiada bo’yicha to’plangan ochkolar va o’rinlar quyidagicha taqsimlandi:
| O’rinlar | Jamoalar |
| 1 | Xorazm viloyati |
| 2 | Farg’ona viloyati |
| 3 | Qoraqalpog’iston Respublikasi |
| 4 | Namangan viloyati |
| 5 | Toshkent viloyati |
| 6 | Toshkent shahri |
| 7 | Samarqand viloyati |
| 8 | Buxoro viloyati |
| 9 | Jizzax viloyati |
| 10 | Andijon viloyati |
| 11 | Navoiy viloyati |
| 12 | Surxondaryo viloyati |
| 13 | Sirdaryo viloyati |
