Joriy yilning 4-5 mart kunlari «O’zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi» AJ O’zbekiston regbi Federatsiyasi bilan hamkorlikda xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan u-18 qizlar o’rtasida regbi – 7 bo’yicha har yili o’tkaziladigan turnirni o’tkazish rejalashtirilgan.
Musobaqada Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shaharlaridan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar terma jamoalari ishtirok etadi.
Mazkur turnirdan ko’zlangan maqsad mamlakatimizda regbi faoliyatini yanada rivojlantirish, respublika aholisining keng qatlamlari o’rtasida sportning ushbu turini faol targ’ib qilish va ommalashtirish, shuningdek, xotin-qizlar jamoalari regbi mahorati va malakasini oshirish, milliy terma jamoa uchun sportchilarni saralashdan iborat.
Shuningdek, ushbu turnir doirasida regbi hakamlarini tayyorlash bo’yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan tinglovchilar ishtirok etmoqda.
Hakamlar uchun seminar O’zbekiston regbi Federatsiyasi hakamlar hay’ati raisi Nabiev Rustam Shukurovich tomonidan o’tkazilmoqda.
O’zbekiston regbi Federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova