Sandakandagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘in

Sandakandagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘in

Sandakandagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘in

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 25-martdagi 01/466-A/F-son buyrug‘iga asosan 4 aprel kuni regbi-7 bo‘yicha O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari 19 aprelga qadar davom etadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etish uchun Sandakan (Malayziya) shahriga jo‘nab ketishadi.

Yig‘in yakunlangach, terma jamoalar 19-20 aprel kunlari har yili o‘tkaziladigan “Borneo7s” xalqaro turnirida ishtirok etishadi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan ko‘zlangan asosiy maqsad – sportchilarning nufuzli xalqaro turnirda munosib ishtirok etishini ta’minlaydigan jamoalarning taktik, texnik va kompleks tayyorgarligini oshirishdan iborat.

Sportchilarimizga omad va “Borneo7s”dagi muvaffaqiyatli chiqishlarini tilab qolamiz!

O‘zbekiston terma jamoalari xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inda ishtirok etadi va “Borneo7s”da quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar terma jamoasi:

  • Mahmud Qalandarov – Xorazm viloyati
  • Sunnat Muxametdinov – Toshkent
  • Murodjon Machonov – Xorazm viloyati
  • Asadbek Ollanazarov – Xorazm viloyati
  • Ruslan Ibragimov – Toshkent viloyati
  • Olimjon To‘laganov – Toshkent viloyati
  • Ilya Sokolov – Toshkent viloyati
  • Behzod Imomov – Toshkent viloyati
  • Sergey Sokolov – Toshkent viloyati
  • Abdulaziz Nuraliev – Toshkent
  • Saidahmad Nig’monov – Toshkent
  • Sobirjon Xoliqulov – Navoiy viloyati
  • Azizxon Nurillaev – Toshkent

Ayollar terma jamoasi:

  • Oyshajon Urazmetova – Xorazm viloyati
  • Barno Utepbaeva – Qoraqalpog’iston
  • Gulshanbonu Mansurova – Navoiy viloyati
  • Ainura Abzieva – Qoraqalpog’iston
  • Nargiza Jumabayeva – Qoraqalpog’iston
  • Munozat Qurbonboeva – Xorazm viloyati
  • Nurjamal Nauryzboeva – Qoraqalpog’iston
  • Nafosat Odilova – Xorazm viloyati
  • Gulrux Ro’zmatova – Xorazm viloyati
  • Xonzoda Obidjonova – Andijon viloyati
  • Maftuna Rahimova – Navoiy viloyati
  • Jumagul Parpieva – Toshkent viloyati
  • Sholpan Allambergenova – Qoraqalpog’iston

Murabbiylar shtabi:

  • Asad Gulyamov – murabbiy
  • Danil Kulikov – murabbiy
  • Yuliya Ignatenko – murabbiy
  • Viktoriya Popkova – sport massaji terapevti