JIDU litseyida regbi boʼyicha seminar boʼlib oʼtdi
Joriy yilning 7 fevral kuni JIDU Аkademik litseyida Oʼzbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassis Rio Moria ishtirokida seminar oʼtkazildi.
Mazkur seminarda Oʼzbekistonda regbini ommalashtirish, yoshlarni sport klublari va toʼgaraklarga faol jalb qilish, ularga regbi bilan shugʼullanish imkoniyatini yaratish, iqtidorli yoshlarni ushbu sport turi boʼyicha milliy terma jamoalariga yoʼnaltirishga xizmat qilish masalalari muhokama qilindi.
Seminar doirasida akademik litsey oʼquvchilariga regbining jahonda va Yaponiya davlatida rivojlanishi boʼyicha maʼlumotlar berilib, ushbu sport turi boʼyicha xalqaro musobaqalar tahlili oʼtkazildi.
Seminarda regbi boʼyicha yoshlar milliy terma jamoa bosh treneri Yegor Lebedь, Oʼzbekiston regbi federatsiyasi xorijiy mutaxassisi Rio Moria va Oʼzbekiston regbi federatsiyasi ijrochi direktori Bekzod Ibragimov ishtirok etishdi.