Buxoroda ayollar regbisi

Buxoroda ayollar regbisi

Buxoroda regbi-7 bo’yicha ayollar jamoasi tashkil etildi

Buxoro shahrida Buxoro davlat universiteti sport klubi bazasida regbi-7 bo‘yicha ayollar jamoasi tashkil etildi. Jamoaning ishtirokchilari asosan Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakultetining birinchi va ikkinchi kurs talabalaridan olindi. Yaratilgan jamoa sportchi qizlari basketbol, ​​gandbol, kurash, yengil atletika, jiu-jitsu kabi boshqa sport turlari bo‘yicha sport tajribasiga ega.

Birinchi jamoa a’zolari: Gulbaxor Murodova, Xusnora Rabimova, Dilnura Ramazonova, Sevara Shuhratova, Gulshoda Usmonova, Sabrinabon Hamidova, Shaxzoda Jabborova, Uljanoy Abdurahimova, Madina Eshniyozova, O‘g‘iloy Farmonova, Feruza Qudratovalar bo’ldi.

Jamoa murabbiyi G‘olibjon Saidov – Buxoro davlat pedagogika instituti “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi.

Jamoa Universiadada va talabalar sport uyushmasi qoshidagi “Talaba” ligasida ishtirok etishni rejalashtirgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *