«Asia Rugby Emirates Sevens Series» xalqaro turniri yakunlandi

«Asia Rugby Emirates Sevens Series» xalqaro turniri yakunlandi

2026-yil 29–30-avgust kunlari Xitoyning Sujou shahrida “Asia Rugby Emirates Sevens Series 2026” musobaqasining birinchi bosqichi — regbi-7 bo‘yicha qit’adagi muhim musobaqalardan biri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoalari xalqaro maydonda munosib ishtirok etib, ijobiy natijalarni qayd etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 11-o‘rinni egalladi va seriyaning umumiy reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshilab 11-o‘ringa ko‘tarildi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa ushbu musobaqada ilk bor ishtirok etib, 8-o‘rinni egalladi hamda bosqichning eng kuchli sakkizta jamoasi qatoridan joy oldi. Top-8 talikdan joy olish jamoaga “Asia Rugby Emirates Sevens Series”ning Dubay va Gonkongda o‘tkaziladigan keyingi bosqichlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Shu bilan birga, kuchli sakkizlikdagi o‘rinni mustahkamlash uchun kurash davom etadi. “Asia Rugby Emirates Sevens Series”ning navbatdagi bosqichi 17–18-oktabr kunlari Kolombo (Shri-Lanka) shahrida bo‘lib o‘tadi. Ayollar terma jamoasi kuchli sakkizlikdagi o‘z o‘rnini tasdiqlashga, erkaklar terma jamoasi esa reytingdagi mavqeini yanada yaxshilash va Top-8 talikka kirish uchun kurashni davom ettiradi.

Sujoudagi ishtirok O‘zbekiston regbisini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, milliy terma jamoalarimiz Osiyoning kuchli jamoalari orasidagi o‘z mavqeini tobora mustahkamlayotganini yana bir bor namoyon etdi.