Regbi-7 ayollar jamoalari o’rtasida “Talabalar ligasi ” boshlanadi

Regbi-7 ayollar jamoalari o’rtasida “Talabalar ligasi ” boshlanadi

Toshkentda har yili erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha “Talabalar ligasi” o‘tkaziladi.

Ushbu turnir 3-4 iyun kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti stadionida bo‘lib o‘tadi.

Turnir oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi va O’zbekiston regbi federatsiyasi ko’magida tashkil etildi.

Mazkur turnirni o‘tkazishdan asosiy maqsad oliy ta’lim muassasalari talabalarining regbiga qiziqishini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada mustahkamlash, talaba-yoshlar orasidan yosh iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularning kasbiy mahorat va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek talaba yoshlarni sportga doimiy jalb etishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish.

Turnirda quyidagi jamoalar ishtirok etadi: Nukus davlat pedagogika instituti (Nukus shahri), Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti (Nukus shahri), Navoiy davlat pedagogika instituti (Navoiy shahri), Urganch davlat universiteti (Urganch shahri), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti va sport (Chirchiq shahri), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (Toshkent sh.), Andijon davlat universiteti (Andijon shahri), Namangan davlat universiteti (Namangan shahri).

Bizni kuzatib boring va biz sizga o’yinlar natijalari haqida xabar beramiz.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova