Andijon viloyatida regbi-7 bo’yicha chempionat boshlandi
11-12 fevral kunlari Andijon viloyatining Boston tumani stadionida erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida regbi-7 bo’yicha Andijon viloyati chempionatining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu Chempionatda 6 ta jamoalar ishtirok etishdilar.
Bu qattiq kurashda ayollarning o’rinlari quyidagicha taqsimlandi:
- Andijon davlat pedagogika instituti (murabbiy: Xonzoda Obidjonova)
- Boston tumani sport maktabi jamoasi (murabbiy: Ixtiyor Abduqahhorov)
- Andijon shahar terma jamoasi (murabbiy: Abdul Hamid Abdulazizov)
Erkaklar jamoalari orasida
- Andijon davlat pedagogika instituti (murabbiy: Bahodir Negmatov)
- Andijon shahri terma jamoasi (murabbiy: Behzod Rustamov)
- Boston tumani sport maktabi jamoasi (murabbiy: Ixtiyor Abduqahhorov)
Chempionatlar bahosini hakam Bahodir Nematov va Fayzullo Numonovlar olib borishdi.
Hammasi bo’lib Andijon viloyati chempionatida erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida to’rtta regbi-7 turini o’tkazish rejalashtirilgan.