Andijon viloyatida Chempionat boshlandi

Andijon viloyatida Chempionat boshlandi

Andijon viloyatida regbi-7 bo’yicha chempionat boshlandi

11-12 fevral kunlari Andijon viloyatining Boston tumani stadionida erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida regbi-7 bo’yicha Andijon viloyati chempionatining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu Chempionatda 6 ta jamoalar ishtirok etishdilar.

Bu qattiq kurashda ayollarning o’rinlari quyidagicha taqsimlandi:

  1. Andijon davlat pedagogika instituti (murabbiy: Xonzoda Obidjonova)
  2. Boston tumani sport maktabi jamoasi (murabbiy: Ixtiyor Abduqahhorov)
  3. Andijon shahar terma jamoasi (murabbiy: Abdul Hamid Abdulazizov)

Erkaklar jamoalari orasida

  1. Andijon davlat pedagogika instituti (murabbiy: Bahodir Negmatov)
  2. Andijon shahri terma jamoasi (murabbiy: Behzod Rustamov)
  3. Boston tumani sport maktabi jamoasi (murabbiy: Ixtiyor Abduqahhorov)

Chempionatlar bahosini hakam Bahodir Nematov va Fayzullo Numonovlar olib borishdi.
Hammasi bo’lib Andijon viloyati chempionatida erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida to’rtta regbi-7 turini o’tkazish rejalashtirilgan.