Namangan viloyati U20 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Namangan viloyati U20 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Namangan viloyati ayollar jamoasi U20 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Namangan viloyatining regbi-7 bo‘yicha Toshkent shahrida o‘tkaziladigan U20 ayollar jamoasi Respublika turniriga tayyorgarlikni boshladi.

Ayollar jamoasining mashg‘ulotlari To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabining o‘yingohida trener Xayrullo To‘ychiboev rahbarligida olib borilmoqda.

“8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan regbi-7 bo‘yicha U 20 ayollar jamoalari o‘rtasidagi an’anaviy Respublika turniri joriy yilning 4-5 mart kunlari Toshkent shahar yengil atletika va sport o‘yinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi o‘yingohida o‘tkaziladi.