Toshkentda regbi bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi

Toshkentda regbi bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi

Toshkent shahrining maktabidan regbi bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi

Joriy yilning 16 fevral’ kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 249-sonli umumta’lim maktabidan 8-9 sinf o‘quvchilari uchun regbi bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi.

Mahorat darsi jarayonida o‘quvchilarga regbi sport turi to‘g‘risida ma’lumot berib, o‘yin qoidalari va turlari to‘g‘risida aytib berildi. Mahorat saboqlarining nazariy qismidaan keyin o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib regbi koptogini sherigiga uzatish, chaqqonlik va diqqatni rivojlantirish bo‘yicha amaliy mashqlarni bajarishdi. Dars yakunida o‘quvchilar sport o‘yinlari bo‘yicha o‘yinni  o‘tkazib, zukkolik va qaror qabul qilish malakalarini rivojlantirishdi.

Ochiq darsni JICA trener-volontyori Rio Moriya, regbi bo‘yicha O‘zbekiston milliy universiteti talabalari, milliy terma jamoa sportchilari Bexzod Imamov, Diana Mixaylova, Ivan Kirsanov, Il’ya Sokolov, Milena Akbarova, Sergey Sokolov, Sharif Ismailov hamda yoshlar va o‘smirlar terma jamoa trenerlari Aleksandr Radchenko i Artyom Izmaylovlar ishtirok etdi.