Buxoroda regbi-7 bo‘yicha ayollar terma jamoasi uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
14 may kuni Buxoroga tashrif davomida regbi-7 bo’yicha O’zbekiston yoshlar terma jamoasi treneri Yegor Lebed, murabbiy-maslahatchi Andre Human va Markaziy Osiyoda regbini rivojlantirish bo’yicha maslahatchi Anatoliy Shirovlar tomonidan respublika musobaqalarida ishtirok etishni rejalashtirgan Buxoro ayollar jamoasi uchun mahorat darsi o’tkazildi.
Mahorat darsi davomida ishtirokchilarga to‘pni harakatda uzatish va ushlash, qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator mashqlar namoyish etildi. O’yin mashg’ulotidan so’ng jamoaning harakatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi va jamoaning o’zaro munosabatlarini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar berildi.
Regbi-7 bo‘yicha ayollar jamoasi Buxoro davlat universiteti sport klubi bazasida tashkil etilgan. Jamoaning ishtirokchilari asosan Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakultetining birinchi va ikkinchi kurs talabalaridan olindi.
Universiada 2023-yilning 21-28 May kunlari bo‘lib o‘tadi.