Xabaringiz bor yaqin kunlarda sportning regbi turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Namangan viloyati Pop tumanining, aynan 2-son sport maktabi yashil maydonida boʻlib oʻtadi. Ayni damda esa viloyatimiz terma jamoasi ushbu turnirda munosib ishtirok etish uchun tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borishyapti.
— Jamoaviy, shu bilan birgalikda xar bir ishtirokchimiz bilan individual ishlashga harakat qilamiz. Jismonan chiniqtirish va ularning ruhiy ustunlikka ega boʻlishi gʻoliblik uchun birinchi qadam deb bilaman deydi, — Regbi sport turi murabbiyi Otabek Dehqonov.