JARdan jalb etilgan xorijiy trener-maslaxatchi JIDU akademik liseyida seminar utkazdi
Joriy yilning 16-fevral kuni JIDU akademik liseyida O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda xorijiy trener-maslahatchi AndreaXuman ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda O‘zbekistonda regbi sport turini ommalashtirish, yoshlarni sport klublari va to‘garaklarga faol jalb qilish, ularga regbi bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratish, iqtidorli yoshlarni ushbu sport turi bo‘yicha milliy terma jamoalariga yo‘naltirishga xizmat qilish masalalari muhokama qilindi.
Seminar doirasida akademik lisey o‘quvchilariga regbining jahonda va Janubiy Afrika Respublikasiida rivojlanishi bo‘yicha ma’lumotlar berilib, ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqalar tahlili o‘tkazildi.
Seminarda regbi bo‘yicha yoshlar milliy terma jamoa bosh treneri Yegor Lebed ham ishtirok etib, ushbu sport turi bo‘yicha bir qancha foydali ma’lumotlar berib o‘tdi.