Pop tumani sport maktabida Regbi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga tayyorgarlik koʻrilmoqda

Pop tumani sport maktabida Regbi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga tayyorgarlik koʻrilmoqda

Xabaringiz bor yaqin kunlarda sportning regbi turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Namangan viloyati Pop tumanining, aynan 2-son sport maktabi yashil maydonida boʻlib oʻtadi. Ayni damda esa viloyatimiz terma jamoasi ushbu turnirda munosib ishtirok etish uchun tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borishyapti.

— Jamoaviy, shu bilan birgalikda xar bir ishtirokchimiz bilan individual ishlashga harakat qilamiz. Jismonan chiniqtirish va ularning ruhiy ustunlikka ega boʻlishi gʻoliblik uchun birinchi qadam deb bilaman deydi, — Regbi sport turi murabbiyi Otabek Dehqonov.